Toshkentdagi gul doʻkonlari uchun

Gullaringizni butun Toshkentga soting

Buyurtmalar Telegramga keladi. Narxni oʻzingiz qoʻyasiz. Guldasta yetkazilgach, pul kartangizga tushadi.

0 soʻmoylik toʻlov yoʻq
12%faqat sotilgan guldastadan
5 daqiqaulanish, Telegram orqali

Siz guldasta yigʻasiz, qolganini biz qilamiz

Mijozlar

Sayt va Telegram ilova oʻzbek va rus tilida. Mijozning buyurtmasi eng yaqin doʻkonga tushadi.

Oldindan toʻlov

Mijoz buyurtmani oldindan toʻlaydi. Naqd pul va qarz bilan ovora boʻlmaysiz.

Chiroyli vitrina

Instagramdagi rasmingizdan kartochka qilamiz: toza fon, nom va tavsif ikki tilda.

Pul kartaga

Guldasta yetkazilgach, pulni Uzcard yoki Humo kartangizga oʻtkazamiz.

Fotosessiya shart emas

Instagramdagi rasmni botga yuborasiz va narxini yozasiz. Fonni tozalaymiz, nom va tavsifni ikki tilda yozamiz, jamoamiz tekshiradi.

Instagramingizdagi rasm
lola_gullari
GulGo vitrinasida
45 daqiqa
280 000 soʻm15 ta rang-barang lolaSizning doʻkoningiz

Qanday ishlaydi

  1. 1

    Ariza qoldirasiz

    Menejerimiz qoʻngʻiroq qiladi va shartlarni tushuntiradi.

  2. 2

    Telegramda ulanasiz

    Botda «Roziman» tugmasini bosasiz, karta raqami va doʻkon joylashuvini yuborasiz.

  3. 3

    Rasmlarni yuborasiz

    Har bir guldastaning rasmi va narxi. Tekshiruvdan keyin vitrinada chiqadi.

  4. 4

    Buyurtmalarni olasiz

    Buyurtma botga keladi: qabul qilasiz, yigʻasiz, rasmini yuborasiz. Yetkazilgach pul kartangizda.

Qancha olasiz

Bitta guldastadan352 000 soʻm
Oyiga10 560 000 soʻm

Komissiya 12%, faqat sotilgan guldastadan. Boshqa toʻlov yoʻq.

Savollar

Javob topmadingizmi? Bizga yozing.

12%, faqat sotilgan guldastadan. Pul oʻtkazilganda ushlab qolinadi. Oylik toʻlov va ulanish puli yoʻq.

Doʻkoningizni ulang

Ariza qoldiring, tez orada qoʻngʻiroq qilamiz.

Telefon
+998